O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish xodimlarning yangi avlodini yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotga mustaqil moslashish ko'nikmalari hamda istiqbol rejalarini belgilash va hal etish qobiliyatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan.
Mazkur vazifalarni bajarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga alohida ahamiyat beriladi.
Ta'lim-tarbiya jarayonini samarali ro'yobga chiqarish ko'p jihatdan maktabning har bir o'qituvchisi, akademik litsey va kasb-hunar kolleji, oliy maktab muallimining yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning umumiy nazariy va amaliy asoslarini qay darajada egallaganligi bilan belgilanadi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan innovatsion texnologiyalar Markazi o'quv jarayonida o'qituvchilarni yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy-amaliy asoslari bilan qurollantirishni o'zining asosiy maqsadi qilib qo'yadi.
Markazda ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalar dasturi seminarlar bilan xalq ta'limi xodimlarining barcha kategoriyalarini qamrab olish imkonini beradi. Bular maktab o'qituvchilari, direktorlari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari, aspirantlar va bo'lajak magistrlardir.
Loyiha – rejada namuna sifatida oliy o'quv yurtlari va oliy harbiy bilim yurti o'qituvchilarining ish rejalari keltirilgan.
Innovatsion texnologiyalar Markazida xalqaro va respublikaning ilg'or pedagogik tajribasini o'rganish asosida mualliflik texnologiyalari ishlab chiqilgan.
Innovatsion texnologiyalar Markazida pedagogik texnologiyalar qo'yidagi yo'nalishlar bo'yicha ishlab chiqilmoqda:
Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimiga amal qilish bo'lib hisoblanadi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirishda uzluksiz ta'lim tizimining tuzilmasi va mazmunining tub islohotlari ko'zda tutiladi.
Mavjud ta'lim tizimini tubdan isloh qilish va kadrlar tayyorlash milliy dasturini zamonaviy ilmiy tafakkur yutuqlariga, ijtimoiy tajribaga tayangan holda, uzluksiz ta'lim tizimini barcha shakldagi ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini ta'minlovchi ilg'or ilmiy-metodik texnologiya sifatida amalga oshirishdir.
Hozirgi bosqichda pedagogika fanining dolzarb masalalari qatoriga fan, texnika, ilg'or texnologiya yutuqlaridan foydalanish asosida tarbiyaning maqsad, mazmun, metodlari va tashkil etilishini ilmiy ta'minlash masalalari kiradi.
Oliy ta'limning hal qiluvchi vazifalaridan biri yuqori natija beruvchi o'qishni ta'minlash va malakali kadrlarni zamonaviy ta'lim beruvchi kasb-hunar dasturlari asosida tayyorlashdir.
Oliy ta'limning hozirgi bosqichdagi islohoti oliy maktab o'qituvchisi vazifalarini ham o'zgartiradi.
Oliy maktab o'qituvchisining faoliyati shaxs uchun o'qish jarayonida ta'lim olish sharoitlarini yaratish, ehtiyoj va qobiliyatini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi shart.
Oliy maktabning o'qituvchisining malakasi ikki qirraga ega bo'lishi lozim. Ular ikki fan: maxsus va pedagogik fanlar bilan yoritiladi. Oliy maktab o'qituvchisiga doimo: nima uchun o'qitish kerak? qanday o'qitish kerak? kabi savollarni hal qilishiga to'g'ri keladi. Bu savollarni to'g'ri hal qilish yo'lini topish zarur. Bular pedagogika fanining qoidalari, asosiy qonuniyatlari bilan muvofiq interpretatsiyalar, o'qitish xususiyatlarini hisobga olgan holdagi bilimlarga asoslangan bo'lishi shart. Hozirgi bosqichda tub ijtimoiy o'zgarishlar pedagogik konsepsiyalarni pedagogika fanining faol rivojlanishini inson-shaxs-individ yo'nalishida zamonaviy talablar asosida ko'rib chiqishni talab etadi. Pedagogikani yangi tamoyillar asosida tiklashning muhim muammosi o'qituvchining mutaxassisligi asosini tashkil etishi shart bo'lgan pedagogik jarayonning nazariy mezonlarini ishlab chiqishdir.
O'qituvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha bilimidan qat'i nazar, o'quv jarayoniga qadam qo'yar ekan, pedagogik va psixologik bilimlar, texnologiya va o'qitish metodikalari yig'indisi bo'lgan zarur pedagogik minimumlarni egallagan bo'lishi shart.
Dolzarb muammolardan biri yuqori malakali, raqobatbardosh o'qituvchi kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy omilkorliklarini shakllantirish, metodik mahoratini ko'tarish, o'qituvchilarni yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish bo'lib qolmoqda.
Shu munosabat bilan hal qiluvchi vazifalardan biri samarali tayyorlash, oliy o'quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o'qituvchilarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashdir.
Yuqorida qayd etilgan maqsadlarni ro'yobga chiqarish maqsadida Nizomiy nomidagi TDPUda innovatsion texnologiyalar Markazi tashkil etilgan.
Markaz o'qituvchilarni yangi pedagogik texnologiyalarga jadal o'rgatishni amalga oshirmoqda. O'quv kursining davomiyligi 5 kun bo'lib, 40 soatli dastur asosida olib boriladi.
O'qituvchilar o'qish jarayonida quyidagi asosiy masalalar bilan tanishadilar:
Markazda ta'lim jarayoni
Tinglovchilar Markazda o'qish jarayonida o'zlarining ilmiy saviyalarini oshiradilar, o'qitishning yangi ilg'or texnologiyalari va innovatsion strategiyalarini o'zlashtirib oladilar, o'qitishning interaktiv metodlarini egallaydilar. Shu bilan birga, tinglovchilar psixologik muammolar va muloqot qonuniyatlarini tushunib oladilar, shaxsni milliy-madaniy, tarixiy o'ziga xoslik, ma'naviy-axloqiy an'analar, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash texnologiyalarini o'zlashtiradilar.
Innovatsion texnologiyalar Markazida o'qitish interaktiv seminar shaklida olib boriladi. Tinglovchilar nazariy va tarqatma materiallar ustida ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar hamda ular vositasida munozaralar tashkil etiladi, texnologik xaritalar tuziladi, predmetlar texnologiyalarining mumkin bo'lgan variantlari aniqlanadi.
O'qish jarayonida foydalaniladigan asosiy texnologiyalar Markazda ishlab chiqilgan. Ayni choqda Markaz ish amaliyotida Oliy va o'rta maxsus maktab o'kuv jarayoni xususiyatlariga moslashtirilgan xalqaro tajribalardan foydalaniladi.
Tinglovchilarga taklif etiladigan texnologiyalarning asosiylari quyidagilar:
Fikrlar hujumi
Bevosita jamoa bo'lib «Fikrlar hujumi» («Mozgovaya ataka») olib borish. Bu metoddan maqsad mumkin qadar katta miqdordagi g'oyalarni yig'ish, talabalarni ayni bir xil fikrlash inersiyasidan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo'lgan fikrlarni yengishdir. Bu metod A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan. Bu metodning asosiy tamoyili va qoidasi bahs ishtirokchilari ishlab chiqqan g'oyalar tanqidini mutlaq taqiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoibani rag'batlantirishdir. Bu metoddan foydalanishning muvaffaqiyati ko'p jihatdan o'qituvchi – mashg'ulot rahbariga bog'liq. «Fikrlar hujumi» ishtirokchilari miqdori 15 kishidan oshmasligi kerak. Mashg'ulotning davomiyligi bir soatgacha.
Yalpi «Fikrlar hujumi». Bu metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan. U katta guruhlarda (20 dan 20 tagacha bo'lgan) yangi g'oyalar ishlab chiqish samaradorligini sezilarli darajada oshirishni ta'minlaydi. Barcha ishtirokchilar kichik-kichik 5-6 kishidan iborat guruhlarga bo'linadi va har bir kichik guruh hal qilinadigan ijodiy vazifa va muammo bo'yicha 15 daqiqa davomida mustaqil ravishda o'zaro «Fikrlar hujumi» o'tkazadi. Shundan so'ng har bir kichik guruh vakili o'z guruhlarida ishlab chiqilgan g'oya haqida axborot beradilar va o'qituvchi rahbarligida jamoa bo'lib unga baho beradilar va ulardan eng yaxshilari, betakrorlari tanlab olinadi.
«Fikrlarning shiddatli hujumi» – destruktiv berilgan baho bilan dialog. Bu metod Ye.A.Aleksandrov tomonidan taklif qilingan. G.Ya.Bush tomonidan o'zgartirilib yo'lga qo'yilgan Dialogning mohiyati shundaki, kollektiv bo'lib g'oyalar ishlab chiqishda ishtirokchilarning ijodiy imkoniyatlari faollashtiriladi va unga zid g'oyalar qo'yiladi.
Mashg'ulot bosqichma-bosqich quyidagi tarzda o'tkaziladi:
1-bosqich. Miqdor va psixologik muloqoti jihatidan maqbul kichik guruhlarni shakllantirish;
2-bosqich. Vazifa, muammodan kelib chiqadigan maqsadlarni ifodalash;
3-bosqich. To'g'ridan-to'g'ri «Fikrlar hujumi» qoidasiga asosan har bir guruhda g'oyalar ishlab chiqish;
4-bosqich. G'oyalarni tartibga solish va tasniflash;
5-bosqich. G'oyalarni destruktivlash, ya'ni amalga oshishi imkoniyatiga qarab baholash;
6-bosqich. Avvalgi bosqichlarda bildirilgan tanqidiy mulohazalarga baho berish.
«Tarmoqlar» metodi (Klaster)
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo'lib, u o'quvchilarni biron bir mavzunni chuqur o'rganishlariga yordam berib, o'quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog'lagan holda tarmoqlashlariga o'rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur o'rganishdan avval o'quvchilarning fikrlash faoliyatini jaddalashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o'tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o'zlashtirish, umumlashtirish hamda o'quvchilarni shu mavzu bo'yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
«Bumerang» texnologiyasi.
Mazkur texnologiya bir mashg'ulot davomida o'quv materialini chuqur va yaxlit holatda o'rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo'naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo'lgan mavzularni o'rganishga yaroqli bo'lib, o'z ichiga og'zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg'ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o'quvchi yoki o'qituvchi rolida chiqishi mumkin.
«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani, g'oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og'zaki shakllarda bayon qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.
Ta'lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar – bu savollar muomala, so'zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar – bu savollar oldindan «ha» yoki «yo'q» tipidagi to'g'ri, ochik, javoblarni berishni ko'zda tutadi.
Ko'ndalang so'roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo'lib, bu o'ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ko'ndalang so'roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.
«Skarabey» texnologiyasi.
«Skarabey» interaktiv texnologiya bo'lib, u o'quvchilarda fikriy bog'liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o'z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o'quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o'rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda, turli g'oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog'liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.
«Skarabey» texnologiyasi har tomonlama bo'lib, undan o'quv materialining turli bosqichlarini o'rganishda foydalaniladi:
-boshida – o'quv faoliyatini rag'batlantirish sifatida («Aqliy hujum»);
-mavzuni o'rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o'rganish, yangi jihatlarini ko'rsatish;
-oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida.
«Skarabey» texnologiyasi o'quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o'quvchilar tajribasidan foydalanishni ko'zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o'tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko'rsatish mumkin.
«Skarabey» alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o'quv jamoalarida qo'llanishi mumkin.
Ta'limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
Asosiy tushunchalari quyidagilar:
Assotsiatsiya – mantiqiy bog'liqlik bo'lib, sezgilar, tasavvurlar, idrok qilish, g'oyalar va boshqalar orasida hosil qilinuvchi mantiqiy aloqadir.
Ranjirlash (muayyan tartib) – ahamiyati, muhimligi, mazmuni darajasiga qarab tartiblash.
«Tarozi» texnologiyasi.
Mazkur texnologiya munozarali, murakkab mazmunli mavzularni o'rganishda qo'l keladi. U tanqidiy tafakkur, mantiq, ijodiy improvizatsiya, fikran tajribalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan. Bu texnologiya dalillash qobiliyatini rivojlantirish, o'z dalillarini yozma va og'zaki shaklda ishonchli va lo'nda ifodalashni shakllantiradi, o'z nuqtai nazarini himoya qiladi, muxoliflarni ishontiradi, munozara madaniyatiga o'rgatadi.
«Tarozi» texnologiyasi o'quv materialini o'rganishning turli bosqichlarida qo'llanishi mumkin. Ammo u o'tilgan materiallar bo'yicha xulosa qilish bosqichida yuqori samara va natija beradi, chunki o'qiyotganlarning yuqori darajada xabardorliklarini va o'rganilgan materiallardan erkin foydalanishini nazarda tutadi.
Bu texnologiya kichik guruhlarda va jamoalar orasida amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.
Asosiy tushunchalar sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
Mavzu turli nuqtai nazarlarning to'qnashuviga imkoniyat beruvchi hamda ulardan birortasiga ham imtiyoz bermaydigan tasdiqdir. Mavzu shunday tanlanishi kerakki, u o'rganilayotgan mavzuning barcha qirralarini ochishi, o'quvchilarning axborot qidirish hamda izlanuvchanlik faoliyatlarini rag'batlantirsin.
Argument – bu o'z nuqtai nazarini tasdiqlashga olib keluvchi asosli dalil, g'oya, mulohazadir. Dalillash anik, mantiqiy, asoslangan bo'lishi, faktlar, sharhlar, mulohazalar, isbotlar, misollar, iqtiboslar, manbalarga, obro'li guvohnomalarga havolalar va boshqalar bilan quvvatlangan bo'lishi kerak.
Kontrargument (qarshi dalillash) – bu raqibning dalillarini rad etish bo'lib, u dalillashga qo'yiladigan talablarga mos kelishi kerak. To'g'ri tanlangan kontrargument raqibning nuqtai nazarini zaiflashtirishi hamda o'zining himoya yoki rad etish chizig'ini mustahkamlashi lozim.
Ta'limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
«Yelpig'ich» texnologiyasi
Bu texnologiya murakkab, ko'ptarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi mavzularni o'rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo'yicha biryo'la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o'z g'oyalari, fikrlarini yozma va og'zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
«Yelpig'ich» texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muxokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qantashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
«Yelpig'ich» texnologiyasi mavzuni o'rganishning turli bosqichlarida qo'llanilishi mumkin:
-boshida: o'z bilimlarini erkin faollashtirish;
-mavzuni o'rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;
-yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha tekshiriladi.
Afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz.
Fazilat – ijobiy sifat.
Nuqson – nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik.
Xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo'yicha dalildan natijaga kelish.
Ta'limdan tashqari «Yelpig'ich» texnologiyasi tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
Seminarning ishida «Blits – o'yin», «Chorraha», «Muomala texnologiyasi», turli ish o'yinlari texnologiyasi kabilardan ham foydalaniladi. Masalan, «Agar men ... bo'lsam» kabi.
«Muammoli ta'lim», «Pedagogik vaziyatlar» texnologiyalariga alohida e'tibor berish zarur.
Innovatsion texnologiyalar Markazi o'z ishini Nizomiy nomidagi TDPUda amalga oshiradi. Markaz ishida ko'chma seminarlar ham amalga oshiriladi. Namuna sifatida Namangan shahridagi tibbiyot o'quv yurtida hamda Chirchiq shahridagi Harbiy tankchilar Oliy o'quv yurtida o'tkazilgan ko'chma seminarni keltirish mumkin.
Ko'chma seminarlarni tayyorlashda Markaz har bir o'quv yurtlarining o'quv-tarbiyaviy jarayoni xususiyatlaridan kelib chiqqan.
Markazda tinglovchilarni o'qitish o'zbek va rus tillarida olib boriladi. O'qitish jarayonida tinglovchilar yangi pedagogik texnologiyalar bo'yicha tarqatma materiallar bilan ta'minlanadilar.
Tanaffus chog'ida tinglovchilarga issiq nonushta va kofe taklif etiladi.
O'quv jarayoni pulli-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Aloqa telefonlari:
Nizomiy nomidagi TDPU rektorati 54–92-02
Faks 54-92-17
Innovatsion texnologiyalar Markazi 55-78-31
13.11.2004y.